O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevralda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha 2024-yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida: Har bir oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va yechimi yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rishi; Har bir oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) alohida reja-grafik asosida ijara va Talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarning holidan shaxsan xabar olishi, grafik asosida yotoqxonada talabalar bilan birga yashashi, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishi lozimligi vazifalari belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, institut rektorining Talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga tashrifi bo‘yicha reja-grafigi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan reja-garfikka ko‘ra, 2024-yil 17-sentabr kunida rektor 1-sonli hamda 3-sonli Talabalar turar joylariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida rektor oshxonalar faoliyati bilan tanishib, kechki ovqat uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar bilan suhbatlashdi. Ularga oshxona jihozlaridan unumli foydalanish, tozalikni va tartibni saqlash, gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Rektor talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. Xususan, talabalar turar joyidagi ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport to‘garaklarini birma-bir ko‘zdan kechirib, talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, institut rektori talabalar turar joyidagi talaba yigitlar uchun yaratilgan sharoitlarni ham o‘rganib, yoshlar bilan samimiy va do‘stona muloqot o‘tkazdi. Mavjud sharoitlar va kamchiliklar o‘rganildi. Shundan so‘ng, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport to‘garaklari birma-bir ko‘zdan kechirdi. Institut rektori tun davomida talabalar turar joyida navbatchilik olib borayotgan mas’ullar bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning ish faoliyati taftishdan o‘tkazilib, ichki nazoratni yanada kuchaytirish borasida kerakli tavsiyalar berildi. Instut rektori talabalar turar joyida bir kecha qolishi, yoshlarda katt taassurot qoldirdi, zero, shu orqali o‘g‘il-qizlar yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, talabalarning bilim olishiga berilayotgan e’tibor, yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarni qalban his etdilar. Batafsil / Fotogalereya: 👉 https://t.me/jizpi_online/32107