Img
10-Iyul, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti Indoneziyada: yangi xalqaro hamkorlik sari muhim qadam

Jizzax politexnika instituti Kibersport fakulteti dekani hamda Umumtexnika fanlar kafedrasi professori Hamidov Jalil Abdurasulovich Indoneziyaning Universitas Pendidikan Indonesia tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslari hamda "Artificial Intelligence for Educational Technology and Communications" ("Ta'lim texnologiyalari va kommunikatsiyalari uchun sun'iy intellekt") mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.

Malaka oshirish dasturi bilan bir qatorda, professor Hamidov institutning xalqaro nufuzini oshirish va ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirish maqsadida Indoneziyaning bir qator oliy ta'lim muassasalarida uchrashuvlar hamda ma'ruza mashg'ulotlarini o'tkazmoqda.

Jumladan, Universitas Negeri Jakartada professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun zamonaviy muhandislik ta'limi, ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlik yo'nalishlariga bag'ishlangan ma'ruzalar bilan ishtirok etmoqda.

Mazkur tashrif Jizzax politexnika institutining Indoneziya oliy ta'lim muassasalari bilan yo'lga qo'yilayotgan ilk akademik hamkorlik tashabbuslaridan biri bo'lib, ikki tomonlama aloqalarni yo'lga qo'yish, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda kelgusida qo'shma ta'lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun muhim zamin yaratadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3