Img
10-Iyul, 2026-yil

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi va Jizzax politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ta'lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, shuningdek, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish maqsadida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi hamda Jizzax politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum hududni rivojlantirishda institutning professor-o‘qituvchilari va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, dolzarb masalalarni ilmiy tahlil qilish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Hujjat tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari va amalga oshirish mexanizmlarini belgilab beradi.

Memorandum asosida ekspertlar reyestri shakllantiriladi, qo‘shma ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hamkorlik natijalari muntazam monitoring qilinib, tahliliy hisobotlar tayyorlanadi. Bu esa ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, davlat boshqaruvida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni keng qo‘llash hamda hududni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish, ta'lim sifati va davlat xizmatlari samaradorligini oshirish, shuningdek, ilmiy salohiyatni amaliy jarayonlarga keng tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3