Jizzax politexnika institutida 2026-yilgi bitiruvchilarga oliy ma'lumot toʻgʻrisidagi diplomlarni tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur quvonchli va unutilmas kunda institutni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar, ularning ota-onalari, yaqinlari, professor-o‘qituvchilar hamda sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari bir davrada jam bo‘ldilar.
Tantanali tadbir davomida bitiruvchilarning mehnati va erishgan yutuqlari e'tirof etilib, ularga diplomlar topshirildi hamda eng faol va iqtidorli talabalar munosib rag‘batlantiriladi.