Img
15-Iyul, 2026-yil

Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Test sinovlarini yuqori saviyada va namunali tarzda tashkil etish maqsadida Jizzax politexnika instituti jamoasi oliygoh rahbariyati boshchiligida mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda.

Test sinovlari o‘tkazilayotgan hududdagi ota-onalar kutish maydonida institutning mas’ul xodimlari tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Muloqotlar davomida ota-onalarga institutning ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv va ilmiy infratuzilmasi, xalqaro hamkorlik dasturlari, grant va stipendiya imkoniyatlari, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan keng shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, ota-onalar va abituriyentlarning yaqinlari uchun qulay hamda ko‘tarinki muhit yaratish maqsadida turli ma’rifiy, intellektual va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, ularning mazmunli vaqt o‘tkazishlari ta’minlandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3