Img
16-Iyul, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida raqamli transformatsiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida institut rektori Alisher Usmankulov hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Mahmud G‘iyosov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Jizzax viloyati IT Park direktori o‘rinbosari Shoxruh Narimonov, institut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishida yangi tashabbuslarni birgalikda hayotga tatbiq etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3