2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining uchinchi kuni ham tartibli va shaffof muhitda davom etdi.
Test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Jizzax politexnika instituti jamoasi oliygoh rahbariyati boshchiligida mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda.
Test sinovlari o‘tkazilayotgan hududdagi ota-onalar kutish maydonida institutning mas’ul xodimlari tomonidan keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Muloqotlar davomida ota-onalarga institutning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik dasturlari, ilmiy va innovatsion faoliyati, grant hamda stipendiya imkoniyatlari, talabalar turar joylari va yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, kutish maydonida ota-onalar va abituriyentlarning yaqinlari uchun ma’naviy-ma’rifiy, intellektual hamda ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, ularning vaqtini mazmunli o‘tkazishiga alohida e’tibor qaratildi.
Jizzax politexnika instituti jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday targ‘ibot ishlari abituriyentlar va ularning ota-onalariga oliy ta’lim tizimidagi imkoniyatlar haqida to‘liq tasavvur hosil qilish, kelajak kasbini ongli ravishda tanlashda yaqindan ko‘mak bermoqda.