Img
17-Iyul, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi hamkorligida uchrashuv o‘tkazildi

Jizzax politexnika instituti hamda “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi hamkorligida talaba-yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda korxonada hosil bo‘ladigan ikkilamchi xomashyo va materiallardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda korxona vakillari, institut rahbariyati, yosh olimlar, iqtidorli talabalar hamda yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida korxonada hosil bo‘ladigan ikkilamchi xomashyo va materiallarni ochiq tanlov asosida tadbirkorlik subyektlariga yo‘naltirish, ularni qayta ishlash orqali yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur tashabbus orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida istiqbolli va amaliy ahamiyatga ega takliflar mualliflarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga tegishli imtiyoz va imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3