Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
19.09.2024

Imom Termiziyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 28-avgustdagi 02-02/2479-sonli xatida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda Jizzax viloyati hokimining 2024-yil 24-avgustdagi 01-106-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.08.2024-yildagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ -292-sonli 6-bandi “Allomaning ilmiy merosiga bag‘ishlangan davra suhbatlarini tashkil etish” bo‘yicha belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida institut talaba-yoshlari ishtirokida 2024-yil 19-sentabr kuni Imom Termiziyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jizzax shahar jome masjidi imom-xatibi A.G‘oyipov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi v.b. dotsenti B.Rashidova, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosi ilmiy asosda chuqur o‘rganish zarurligi, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini shaklantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar orqali javoblar berildi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, shunday yetuk muhaddislarning avlodi bo‘lish har birimizning zimmamizga ulkan mas’uliyatni yuklar ekan, jamiyatimizning har bir a’zosi, ayniqsa yoshlarimiz ularga munosib avlod, ilm-ma’rifat nurini taratguvchi mayoq bo‘lishlari ham qarz, ham farzdir.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3