Jizzax politexnika instituti jamoasi test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish va ularning tartibli o‘tishini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari hamda ularning yaqinlari uchun mazmunli va ko‘ngilochar dasturlar, madaniy tadbirlar hamda turli interaktiv loyihalar tashkil etilgan.