O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-maydagi 186-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayonida “Ijtimoiy faollik indeksi” doirasidagi “Kitobxonlik madaniyati” yo‘nalishi bo‘yicha baholash test sinovi o‘tkazildi.
Test sinovi davomida talabalarga o‘zbek adabiyoti durdonalari, taniqli adiblarning hayoti va ijodiga oid 20 ta savol taqdim etildi. Har bir savol 1 ball bilan baholanib, ishtirokchilarning kitobxonlik madaniyati va adabiy bilimlari belgilangan mezonlar asosida baholandi.