Img
20-Iyul, 2026-yil

Jizzax viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Ayni damda Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayevning Jizzax viloyati yoshlari bilan sayyor qabuli va ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandlik, ta’lim, tadbirkorlik, startap loyihalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ochiq muloqot olib borilmoqda.

Mazkur uchrashuv yoshlarni qiynayotgan masalalarga yechim topish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu uchrashuvda Jizzax politexnika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S. Eshbekova hamda institutning faol talaba-yoshlari ham ishtirok etmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3