Jizzax politexnika instituti va Rossiya Federatsiyasining Tyumen sanoat universiteti o‘rtasidagi samarali xalqaro hamkorlik doirasida institutimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari xorijiy tajribani o‘zlashtirishda davom etmoqda.
Shu maqsadda, 2026-yil 19-iyuldan 3-avgustgacha Tyumen shahrida tashkil etilayotgan yozgi amaliyot va qisqa muddatli stajirovka dasturida Jizzax politexnika instituti vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur dasturda:
🔹 Registrator ofisi Ma’lumotlar bazasi bo‘limi boshlig‘i — Salomov Abubakir,
🔹 "Qurilish materiallari texnologiyalari" mutaxassisligi magistranti — Axmatov Diyor
ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuvlar, raqamli texnologiyalar hamda xalqaro tajribalarni o‘rganmoqdalar.
Ushbu stajirovka ishtirokchilarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda xalqaro ilmiy va kasbiy hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini bermoqda.