Yurtimizda yoshlarga, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bo‘lgan yigit-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ularning ta’lim olishi hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularning huquq va manfaatlari yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham alohida mustahkamlab qo‘yilgan.
Jizzax politexnika institutining 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonida ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi 1 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bugun mazkur abituriyent uchun kirish imtihoni o‘tkazildi.
Imtihon davomida abituriyent asosiy va majburiy fanlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Imtihonning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida sinov alohida jihozlangan auditoriyada tashkil etildi hamda maxsus tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan qabul qilindi.