Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
20.09.2024

Jizzax politexnika instituti 2-sonli talabalar turar joyida “Osh chempionati” tanlovi o‘tkazildi

2024-yil 19-sentabr kuni 2-sonli talabalar turar joyida institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 45-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Energetika muhandisligi fakultetida tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Osh chempionati” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlar, JizPI YI BT yetakchi va koordinatorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tanlovda tyutorlar guruhlaridan tuzilgan quyidagi jamoalar qatnashdi: 1. “Mohir oshpazlar” jamoasi, tyutor M.Mirzayev; 2. “Oshpaz yigitlar” jamoasi, U.Usarova; 3. “Omadlilar” jamoasi, A.Daverov; 4. “Kelajak” jamoasi, A.Xayrullayev. O‘zbek milliy taomi bo‘lgan oshni pishirish jarayonida talabalar jamoa bilan birga harakat qilishdi. Taomlarni tayyorlash jarayoni barcha jamoalarga xushkayfiyat bag‘ishladi. Hakamlar hay’ati tomonidan barcha jarayonlar nazorat qilib borildi, adolatli tarzda baholandi hamda quyidagi jamoalar g‘alaba qozondi: I o‘rinni “Mohir oshpazlar” jamoasi; II o‘rinni “Omadlilar” jamoasi; III o‘rinni “Kelajak” jamoasi egalladi. 👉 Batafsil: https://t.me/jizpi_online/32161

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3