INNO Texnoparkda o‘tkazilayotgan "Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovi III bosqichi — Akseleratsiya dasturi Demo Day jarayonida professor-o‘qituvchilar toifasi ishtirokchilari o‘zlarining innovatsion loyiha va ishlanmalarini ekspertlar hay’atiga taqdim etdilar.
Mazkur bosqichda Jizzax politexnika institutining bir qator professor-o‘qituvchilari va olimlari ham turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan:
🔹"Eng yaxshi g‘oya" yo‘nalishida — institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov;
🔹"Eng yaxshi loyiha" yo‘nalishida — institut huzuridagi Avtomobilsozlik muhandislik maktabi direktori Sirojiddin Djiyanbayev hamda "Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat texnikasi texnologiyalari" kafedrasi mudiri Zohid Djamalov;
🔹"Eng yaxshi ixtiro" yo‘nalishida — Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani Ilhom Abbazov ishtirok etmoqda.
🔹Shuningdek, mazkur bosqichda institutning yana bir nafar yosh olimi hamda bir nafar talabasi ham o‘z innovatsion loyihalari bilan qatnashmoqda.
Demo Day davomida ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy ishlanmalari, zamonaviy texnologik yechimlari hamda tijoratlashtirish salohiyatiga ega innovatsion loyihalarini ekspertlar hay’ati oldida himoya qildilar.
Akseleratsiya dasturi davomida loyihalar texnik, ilmiy, iqtisodiy va amaliy jihatdan takomillashtirilib, Demo Day bosqichida ularning natijalari, istiqbollari hamda amaliy ahamiyati atroflicha taqdim etildi. Taqdim etilgan ishlanmalar ekspertlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
🏆 Eslatib o‘tamiz, tanlovning mutlaq g‘oliblari Prezident sovg‘asi — elektromobillar bilan taqdirlanadi.