Img
1-Avgust, 2026-yil

O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida Jizzax politexnika instituti hamda I. Razzaqov nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Shuningdek, hujjat professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro grantlarda ishtirok etish, ilmiy konferensiyalar hamda amaliy tadbirlarni birgalikda tashkil etishni nazarda tutadi.

Mazkur kelishuv Jizzax politexnika institutining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3