“Iqlim barqarorligi va zamonaviy suv texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab doirasida xorijiy mehmonlar va talabalar uchun Campus Tour tashkil etildi.
Tashrif davomida Sharif University of Technology hamda Shihezi University professor-o‘qituvchilari va talabalari Jizzax politexnika institutining zamonaviy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
Campus Tour davomida mehmonlar institutning kutubxonasi va IT Parki, Qurilish materiallari va konstruksiyalari, Yo‘l muhandisligi, Transport vositalari muhandisligi yo‘nalishlaridagi laboratoriya va o‘quv bazalarini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar Tempus xonasi, Registrator ofisi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim, Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati va imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida mehmonlarga institutning ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy-tadqiqot faoliyati va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.