Mazkur hisobot-saylov yigʻilishida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi M.Rahmonberdiyev, Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi ta'lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliayatini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Rabbimov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tashkiliy kadrlar boʻlimi boshligʻi Q.Mustafoqulov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshligʻi M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Boshlang‘ich tashkilot yetakchi va koordinatorlari ochiq ovoz berish yo‘li orqali navbatdagi muddatga saylandi. Shuningdek, yigʻilishda yetakchi va koordinatorlarga oʻquv yili davomida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab berildi.