2024-yil 18-sentabr kuni Jizzax politexnika institutida Xorijiy fuqarolarni talabalikka qabul qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayoni institutdan tashkil qilingan maxsus komissiya a’zolari tomonidan baholandi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga o‘qish uchun barcha zarur hujjatlar va talablar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Xorijiy fuqarolarning institut ta’lim jarayoniga jalb qilinishida professor-o‘qituvchilarimizni faol harakatlari alohida ahamiyatga ega desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 👉 Batafsil: https://t.me/jizpi_online/32197