Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari L.Ahmadjonov tomonidan 2024-yil 19-sentabrdagi 06-114-sonli “Viloyatda “Sharof Rashidovning adabiy-badiiy merosi Yangi O‘zbekiston strategiyasi kontekstida” nomli mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida institutda joriy yilning 21-sentabr kuni “Eurasian Creative guild” tashkilotining Jizzax haqidagi maxsus jurnali taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda “Eurasian Creative guild” tashkiloti rahbari M.Ahmedjanov, Istiqlol avlodi ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi direktori T.Umarov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab tadbir ishtirokchilariga Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan “Eurasian Creative guild” tashkiloti rahbari M.Ahmedjanov o‘zining Jizzax shahrida tug‘ilib o‘sgani, Buyuk Britaniyada qilgan ijodiy ishlari, shunigdek, “Eurasian Creative guild” tashkilotining Jizzax haqidagi maxsus jurnali taqdimotini qilib berdi. Tadbir yakunida talabalar tomonida berilgan ingliz tilidagi barcha savollarga batafsil javoblar berildi. Batafsil / Fotogalereya: 👉 https://t.me/jizpi_online/32228