Jizzax politexnika institutida tashkil etilayotgan “Mustaqillik darslari” doirasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalarga institutning ta’lim imkoniyatlari, mavjud fakultet va kafedralar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati, startap loyihalar, stipendiya tanlovlari, xorijiy grantlar, akademik mobillik va qo‘shma ta’lim dasturlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Asatulla Mustafaqulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov ishtirok etib, talabalarga ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik loyihalari va akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
Mazkur uchrashuv yangi talabalarni institut hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatga qiziqishini oshirish hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.