Img
17-Sentabr, 2026-yil

Turon Fanlar Akademiyasi Jizzax filialining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish davomida Akram Xudayorovich Raxmonqulov, Fazliddin Otaqulovich Egamberdiyev hamda Marina Petrovna Soyga Turon Fanlar Akademigi unvoni hamda “Akademik” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur yuksak e’tirofni Turon Fanlar Akademigi, general-mayor Telman Salohiddinovich Muratxo‘jayev topshirib, taqdirlanganlarni nufuzli unvon bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ularning ilm-fan va ta’lim sohasidagi kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Turon Fanlar Akademigi unvoni va “Akademik” ko‘krak nishonining topshirilishi taqdirlanganlarning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, o‘z sohasini rivojlantirish, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda ta’lim tizimidagi samarali mehnatining yuksak e’tirofi bo‘ldi.

Yig‘ilish yakunida filial faoliyatining istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshiriladigan vazifalar va kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng mehmonlar Jizzax politexnika instituti hududida barpo etilgan zamonaviy amfiteatr bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga amfiteatrning imkoniyatlari, undan foydalanish yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3