Img
21-Sentabr, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida Germaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida “Jobex” xususiy bandlik agentligi vakillari ishtirokida talaba-yoshlar uchun 2027-yilda Germaniyada amaliyot o‘tash dasturiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalarga Germaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari, dasturda ishtirok etish talablari, ro‘yxatdan o‘tish tartibi hamda suhbat bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xorijda amaliyot o‘tash orqali kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, amaliy tajriba orttirish va xalqaro mehnat muhitini yaqindan o‘rganish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

“Jobex” agentligi vakillari dastur doirasidagi mavjud imkoniyatlar, ishtirok etish jarayonlari va keyingi bosqichlar yuzasidan talabalarning savollariga javob berib, ularga zarur tavsiyalarni taqdim etdilar.

Uchrashuv talaba-yoshlar uchun xalqaro tajriba orttirish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Mazkur uchrashuvlar talabalarning xalqaro amaliyot va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, xorijiy tajribaga qiziqishini oshirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatini rejalashtirishiga ko‘maklashadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3