Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
23.09.2024

Kibersport fakultetida “Axborot va kiberxavfsizlik” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 109-son buyrug‘i 2-ilovasi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti Kibersport fakultetida “Axborot va kiberxavfsizlik” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Shermatov, institut profilaktika inspektori I.Buriyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor N.Rasulova, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ayni kunlarda yurtimizda kiberjinoyatlarning turlari ko‘payib borayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish kerakligini hamda taqiqlangan saytlarga kirmaslik kerak ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3