Img
22-Sentabr, 2026-yil

JizPI talabalari Xitoyda o‘qishni 3-bosqichdan davom ettirmoqda

Jizzax politexnika instituti va Xitoyning Sujou texnologiya universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Mexanika muhandisligi” qo‘shma ta’lim dasturi talabalari ta’limning uchinchi bosqichini Xitoyda davom ettirish uchun Sujou shahriga yetib bordilar.

Ayni paytda talabalar Sujou texnologiya universitetida tahsil olishni boshladilar. Ular zamonaviy muhandislik texnologiyalari, ilg‘or laboratoriyalar hamda xalqaro akademik muhitda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur hamkorlik Jizzax politexnika institutida xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantirish, talabalarning akademik mobilligini kengaytirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan malakali muhandis kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3