Jizzax politexnika instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Suzhou texnologiya universitetiga tashrif doirasida universitetning zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida robototexnika, mexatronika, avtomatlashtirish va transport vositalari muhandisligi yo‘nalishlaridagi laboratoriyalar faoliyati, startap loyihalar, robototexnika mahsulotlari hamda ilmiy ishlanmalar namoyish etildi.
Shuningdek, laboratoriyalar borasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar uchun zamonaviy laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va muhandislik ta’limining amaliy yo‘nalishini kuchaytirishga xizmat qiladi.