Jizzax politexnika institutining Kompyuter va dasturiy injiniring kafedrasiga Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida joylashgan Markaziy Osiyo Innovatsion universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurdi.
Ma’lumki, Jizzax politexnika instituti va Markaziy Osiyo Innovatsion Universiteti o‘rtasida 2025-yil avgust oyida ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnoma imzolangan. Mazkur kelishuv doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator yo‘nalishlarda hamkorlik olib borilmoqda.
Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari va laboratoriyalar tashkil etish, o‘qituvchilar almashinuvi asosida ma’ruza kurslarini o‘tkazish, ilmiy konferensiya va seminarlarda birgalikda ishtirok etish, shuningdek, qo‘shma monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tashrif davomida mehmonlar kafedra faoliyati, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Bunday xalqaro tashriflar ikki mamlakat yoshlari va ilmiy jamoalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.