Img
25-Sentabr, 2026-yil

“Raqamli universitet” sari amaliy qadam

Jizzax politexnika instituti rektori A. Usmankulov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Quote Prezidentimizning sun’iy intellektni rivojlantirishga oid PQ-358-son qarori va PF-189-son Farmoni ijrosi doirasida institutda tashkil etilayotgan sun’iy intellekt laboratoriyasini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston–Xitoy sun’iy intellekt innovatsiya markazi” loyihasi taqdim etilib, ta’lim, ilm-fan va sanoat uchun qo‘shma AI loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur muzokaralar institutning “Raqamli universitet” strategiyasini amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2