Img
26-Sentabr, 2026-yil

O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar Xitoyda malaka oshirmoqda

2026-yil 19-sentabrdan 9-oktabrgacha Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahridagi Chongqing Polytechnic University of Engineering universitetida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari vakillari uchun maxsus o‘quv-trening dasturi doirasida zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur xalqaro dasturda Jizzax politexnika instituti “Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi dotsenti Bekzod Tursunov ham faol ishtirok etmoqda.

📌 Dastur doirasida:
🔹 Chongqing ko‘mir ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif amalga oshirildi;
🔹 5G+ sanoat interneti texnologiyalari o‘rganildi;
🔹 Sun’iy intellekt sohasidagi zamonaviy yechimlar bilan tanishildi;
🔹 Vivo mobil kompaniyasiga tashrif buyurilib, zamonaviy mobil aloqa, raqamli qurilmalar hamda innovatsion texnologiyalar faoliyati o‘rganildi.

📚 Xalqaro malaka oshirish dasturi doirasida o‘zlashtirilayotgan ilg‘or tajribalar oliy ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, professor-o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3