Img
27-Sentabr, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va Hefei texnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

2026-yil 24-sentabr kuni Jizzax politexnika instituti rektori A. Usmankulov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoyning Hefei texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi:
🔹 Bakalavriat talabalarining o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari hamda magistrant va doktorantlarning o‘zaro ilmiy almashinuvi;
🔹 Hamkorlikda darsliklar yaratish, ilmiy maqolalar chop etish va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish;
🔹 Qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy-texnologik ishlanmalarni tijoratlashtirish;
🔹 Elektromobillar va avtonom boshqariladigan transport vositalari bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish;
🔹 Professor-o‘qituvchilarni tashrif buyuruvchi yoki o‘rindosh professor sifatida o‘zaro jalb qilish.

Shuningdek, hamkorlik memorandumi — MOUni imzolash masalasi ko‘rib chiqildi. Ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari memorandumni 2026-yil 6–8-noyabr kunlari Hefei texnologiyalar universitetida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya doirasida rasmiy imzolashga kelishib oldilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3