Bugun Zominning betakror tabiati bag‘rida sug‘urta, bank va moliya sohalarining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan V xalqaro simpozium o‘z ishini boshladi.
Nufuzli ilmiy-amaliy anjuman moliya tizimining zamonaviy tendensiyalari, sug‘urta bozorining istiqbollari, bank-moliya sektoridagi innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro tajribani muhokama etish uchun muhim ilmiy-muloqot maydoniga aylandi.
Mazkur xalqaro forumda Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov ham ishtirok etmoqda.
Jizzax politexnika instituti vakillarining ushbu xalqaro ilmiy platformadagi ishtiroki institutning nafaqat muhandislik-texnik, balki iqtisodiy, moliyaviy va ilmiy yo‘nalishlarda ham xalqaro hamkorlikni kengaytirish, akademik muloqotni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishga intilayotganini namoyon etadi.
📅 Simpozium 6–7-oktabr kunlari davom etadi.
Anjuman doirasida tashkil etilayotgan ilmiy munozaralar, tajriba almashinuvi va professional muloqotlar yangi g‘oyalar, istiqbolli tashabbuslar hamda samarali hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish uchun muhim zamin yaratmoqda.