Img
None

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi

2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 53-bandi ijrosini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil maqsadida fakultetlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tashkiliy kadrlar boʻlimi boshligʻi Q.Mustafoqulov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi axborot xizmati rahbari Z.Karimov, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yetakchi va koordinatorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tanlovda fakultetlardan quyidagi jamoalar ishtirok etdi:

1. Energetika muhandisligi fakultetining "Yangi yulduzlar" jamoasi;

2. Kibersport fakultetining "Kosmos" jamoasi;

3. Kimyo muhandisligi fakultetining "Atom" jamoasi;

4. Sanoat texnologiyalari fakultetining "Liderlar" jamoasi;

5. Transport fakultetining "New stars" jamoasi ishtirok etdi.

Tanlovda jamoalar tomonidan jamiyatdagi, institutdagi jarayonlar turli xil hajviy sahna ko‘rinishlar hamda yumor asosida tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, jamoalar quyidagi o‘rinlarni egallashdi:

I o‘rinni Kibersport fakultetining "Kosmos" jamoasi;

II o‘rinni Sanoat texnologiyalari fakultetining "Liderlar" jamoasi;

III o‘rinni Energetika muhandisligi fakultetining "Yangi yulduzlar" jamoasi egalladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3