Img
8-Oktabr, 2026-yil

“El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iste’dodli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida jamg‘armaning faoliyati, ochiq stipendiya tanlovlari, xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari hamda xalqaro stajirovka dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Samimiy va interaktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar xorijda ta’lim olish, stipendiya dasturlariga hujjat topshirish, ta’lim yo‘nalishini tanlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uchrashuvda yoshlarning xalqaro ta’lim dasturlarida faol ishtirok etishi, bilim va salohiyatini oshirishi hamda kelajakdagi kasbiy maqsadlariga erishishida puxta tayyorgarlik, qat’iyat va muntazam izlanish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur ochiq muloqot talabalarning xorijiy ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanishi, xalqaro tajriba orttirishi va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3