Img
9-Oktabr, 2026-yil

Institut rektorining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita rektorga murojaat qilib, muammo va takliflarini bayon etdilar. Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi.

Murojaatlarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimini topish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan institutning mas’ul xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlarning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2