Jizzax politexnika instituti mezbonligida “Engineering Tomorrow: Smart, Sustainable, and Innovative Solutions” (ETSSIS 2026) mavzusidagi I xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur xalqaro konferensiyada respublikamiz va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari, yetuk olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Konferensiya doirasida zamonaviy muhandislik, barqaror rivojlanish, innovatsion yechimlar va boshqa dolzarb ilmiy yo‘nalishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, ilmiy ishlanmalar va tajribalar almashilmoqda.