Img
12-Oktabr, 2026-yil

ETSSIS 2026: xalqaro konferensiya ilmiy ma’ruzalar bilan davom etdi

Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan “Engineering Tomorrow: Smart, Sustainable, and Innovative Solutions” (ETSSIS 2026) I xalqaro konferensiyasining ochilish tadbiri ilmiy ma’ruzalar bilan davom etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, o‘z ilmiy izlanishlari, tajribalari va zamonaviy muhandislik sohasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Jumladan, Jizzax politexnika institutida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov, Vengriyaning Óbuda universiteti prorektori, professor Rajnai Zoltán, mazkur universitetning János Neyman nomidagi Informatika fakulteti vakili Molnár András, Jizzax politexnika instituti “Yo‘l muhandisligi” kafedrasi dotsenti Doston G‘ulomov o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, Germaniyaning Nyurnberg shahrida faoliyat yurituvchi sanoat sohasi bo‘yicha mustaqil maslahatchi Rahmatulla Kuchkarov, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Bokhodir Mirzaev hamda Toshkent davlat transport universiteti doktoranti Azizbek Nishonov ham o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida Xitoyning Suzhou University of Technology universiteti prezidenti, professor Jiang Jianming ham onlayn formatda ma’ruza qildi.

Mazkur xalqaro anjuman olimlar, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi ilmiy g‘oyalarni muhokama qilish hamda muhandislik, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Jizzax politexnika instituti — ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlik sari!

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3