Img
14-Oktabr, 2026-yil

JizPI va “Moskva muhandislik fizikasi instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti o‘rtasida 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax politexnika instituti qoshida atom energetikasi sohasida muhandislik maktabini tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan edi.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 13-oktabr kuni Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialiga tashrif buyurdi hamda “Moskva muhandislik fizikasi instituti” Milliy tadqiqot yadro universitetining birinchi prorektori Oleg Viktorovich Nagornov bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda Kurchatov instituti direktor o’rinbosari Viktor Yegorichev va Moskva muhandislik fizikasi instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filiali direktori Shavkat Abdukamilovlar ishtirok etdi.

Tashrif davomida Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi “Moskva muhandislik fizikasi instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialining o‘quv va ilmiy laboratoriyalari hamda moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi. Muzokaralarda muhandislik ta’limi, ilmiy hamkorlik va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar energetika muhandisligi yo‘nalishida “2+2” modeli asosidagi qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalarga xalqaro ta’lim imkoniyatlarini yaratish hamda energetika sohasi uchun xalqaro talablarga javob beradigan muhandis kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3