Img
15-Oktabr, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va Xitoy kompaniyasi muqobil energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Jizzax politexnika institutiga Xitoyning Xinjiang Guo Sheng Cheng Xin Energy LLC kompaniyasi bosh direktori Lu Hongguang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolarini institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov boshchiligidagi vakillar kutib oldi. Uchrashuvda muqobil energetika sohasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institut huzuridagi Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi hamda Muhandislik maktabi faoliyati, uning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda mavjud ilmiy-texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar:
🔹 Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
🔹 Xalqaro ilmiy konferensiya va seminarlarni birgalikda tashkil etish;
🔹 Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyatini rivojlantirish;
🔹 Mutaxassislar malakasini oshirish va ilmiy-texnik tajriba almashish;
🔹 Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash.

Mazkur tashrif Jizzax politexnika institutining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Xitoy kompaniyalari bilan ilmiy-texnik sheriklikni rivojlantirish hamda muqobil energetika sohasida yangi imkoniyatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3