Img
15-Oktabr, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va Xitoy kompaniyasi avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Jizzax politexnika institutiga Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat yurituvchi Dur Paintshop Systems Engineering Co., Ltd. kompaniyasi vakili Mr. Luo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov boshchiligidagi vakillar kutib oldi. Uchrashuv davomida avtomobilsozlik sohasida ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar institut hududida avtomobillar uchun tormoz tizimlarini hamkorlikda ishlab chiqarish, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlariga xorijiy mutaxassislarni jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash hamda avtomobilsozlik sanoatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3