Jizzax politexnika instituti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam tashladi.
Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining II forumi doirasida Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov Ozarbayjonning to‘rtta nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik kelishuvlarini imzoladi.
Hamkorlik o‘rnatilgan universitetlar:
🔹 Ozarbayjon Texnika Universiteti;
🔹 Boku Muhandislik Universiteti;
🔹 Boku Davlat Universiteti;
🔹 Ozarbayjon Milliy aviatsiya akademiyasi.
Mazkur kelishuvlar talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish, shuningdek, grant dasturlari doirasida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ushbu hamkorlik Jizzax politexnika institutining xalqaro aloqalarini mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohasidagi tajriba almashinuvini kengaytirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.