Img
18-Oktabr, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti o’qituvchilari Xitoyda stajirovkada!

Institutimizning 5 nafar professor-oʻqituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining North China University of Technology (Pekin) universitetida 13-sentyabrdan 13 noyabrgacha stajirovka o’tamoqdalar.

Stajirovka davomida o’qituvchilarimiz:
▫️ laboratoriyalar bilan tanishib, zamonaviy texnologiyalarni o’rganmoqda;
▫️ Ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etib, xitoylik olimlar bilan muhokama qilmoqda;
▫️ universitet professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yilmoqda;
▫️ ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda ishtirok etmoqda;
▫️ olingan bilim va tajribani o’quv jarayoni hamda ilmiy ishlarga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Ushbu stajirovka institutimizning xalqaro hamkorligini mustahkamlashga va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3