Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov Sharof Rashidov tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.
Uchrashuvda institut rektori, kafedra mudirlari, maktab direktori, mas’ul xodimlar hamda o‘quvchilar ishtirok etib, ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va yoshlarning kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashdilar.
Muloqot davomida institut faoliyati, talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, Jizzax shahridagi muhandislik maktabi, institut hududida foydalanishga topshirilgan yangi obyektlar hamda zamonaviy laboratoriya jihozlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Rektor o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularni bilim olishga intilish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga chorladi.
Sayyor qabul davomida maktab xodimlari va o‘quvchilarning fikr-mulohazalari, taklif hamda murojaatlari tinglandi. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kelajak rejalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.