Joriy yilning 22-oktabr kuni Jizzax politexnika institutida Xitoyning Guangzhou Gaoxin Education Group ta’lim taşkiloti delegatsiyasi bilan ikkinçi uçraşuv bölib ötdi.
Avval (https://t.me/jizpi_online/63798) erişilgan kelişuvlarning amaliy davomi sifatida taşkil etilgan uçraşuvda “Özbekiston–Xitoy qöşma kasb-hunarga öqitiş markazi” faoliyatini yölga qöyiş bilan boğliq taşkiliy va öquv-uslubiy masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralarda markazda öquv jarayonini taşkil etiş, öquv rejalari va fan dasturlarini hamkorlikda işlab çiqiş hamda kasb-hunarga öqitişda Xitoy tajribasini qöllaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim mazmunini mehnat bozori talablariga moslaştiriş va tinglovçilarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, markaz uçun ajratilgan öquv xonalarini ta’mirlaş, ularning dizayni va arxitekturaviy yeçimlarini işlab çiqiş hamda zamonaviy ta’lim muhitini yaratiş masalalari körib çiqildi.
Mazkur markaz yoşlarning zamonaviy kasblarni egallaşi, amaliy bilim va könikmalarini mustahkamlaşi hamda mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis sifatida şakllanişiga xizmat qiladi.