2026-yil 22–23-oktabr kunlari Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida “Advanced Polymer Science for Sustainable Development” — “Barqaror rivojlaniş uçun zamonaviy polimer fani” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.
Nufuzli anjumanda Özbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakçi olimlari, soha mutaxassislari hamda yoş tadqiqotçilari jamlanib, polimer fanining istiqbollari va zamonaviy ilmiy yutuqlar yuzasidan fikr almaşdilar.
Konferensiyada Xitoy, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Belarus, Qozoğiston va Özbekistonning yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimlar öz ma’ruzalari bilan iştirok etdilar.
Mazkur xalqaro anjumanda Jizzax politexnika institutining Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori, Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining Jizzax politexnika instituti qoşidagi ilmiy-öquv filiali vakili Sanobar Eşbekova ham qatnaşdi.
Anjuman davomida yangi avlod polimerlari, nanokompozitlar, intellektual materiallar, biopolimerlar, molekulyar modellaştiriş va ekologik barqaror texnologiyalar böyiça olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanişlar muhokama qilindi.
Ilmiy ma’ruzalar, innovatsion ğoyalar va mazmunli munozaralar bilan keçgan konferensiya xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş, tajriba almaşiş hamda istiqbolli tadqiqotlar uçun yangi imkoniyatlarni kengaytirişga xizmat qildi.