2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 51-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 1-sonli talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tanlovda fakultetlardan quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
Kibersport fakultetidan:
1. “Kibersport” jamoasi;
2. “Menejment” jamoasi;
Kimyo muhandisligi fakultetidan:
3. “Atom” jamoasi;
4. “Vatanparvar” jamoasi;
5. “Konchilar” jamoasi;
6. “Kislorod” jamoasi;
Qurilish muhandisligi fakultetidan:
7. “Intellekt” jamoasi;
8. “O‘zbekiston” jamoasi;
Transport fakultetidan:
9. “Logistika” jamoasi;
10. “Mexaniklar” jamoasi;
11. “Bilimdonlar” jamoasi;
Tanlov yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
I o‘rinni Kimyo muhandisligi fakultetining “Atom” jamoasi, II o‘rinni Qurilish muhandisligi fakultetining “Intellekt” jamoasi, III o‘rinni Kibersport fakultetining “Kibersport” jamoasi hamda Kibersport fakultetining “Menejment” jamoalari egalladi.