Img
26-Oktabr, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va Olmaliq davlat texnika instituti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Jizzax politexnika institutiga Olmaliq davlat texnika instituti rektori Ötkir Xoliqulov boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad muhandislik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlayotgan oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, ta’lim, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş hamda istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşirişdan iborat böldi.

Mehmonlarni Jizzax politexnika institutining öquv işlari böyiça prorektori M. Oçilov hamda ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori J. Abdunazarov kutib oldi.

Uçraşuvda hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.

Muloqot davomida muhandislik yönalişlarida ta’lim sifatini oşiriş, ilğor pedagogik tajribalarni almaşiş, professor-öqituvçilar va yoş tadqiqotçilar örtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş hamda qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, sanoat korxonalarining dolzarb texnologik muammolariga ilmiy asoslangan yeçimlar işlab çiqiş, xalqaro ilmiy-texnik dasturlar va grantlarda hamkorlikda iştirok etiş, ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş hamda tadqiqot natijalarini işlab çiqarişga joriy etiş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasining ilmiy va intellektual salohiyatidan samarali foydalaniş, özaro tajriba almaşiş hamda sanoat ehtiyojlariga mos, raqobatbardoş muhandis kadrlarni tayyorlaş borasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş muhimligini ta’kidladilar.

Taşrifning muhim natijasi sifatida Jizzax politexnika instituti va Olmaliq davlat texnika instituti örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlik yönalişlarida özaro aloqalarni kengaytiriş, qöşma loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Uşbu hamkorlik muhandislik ta’limi sifatini yuksaltiriş, ilmiy salohiyatni birlaştiriş va ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş yölidagi muhim qadamlardan biri bölib xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3