Jizzax politexnika institutida birinçi bosqiç talabalari bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Uçraşuvda institutning Öquv işlari böyiça prorektori Maxsudjon Oçilov, fakultet dekani, tyutorlar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Institutning II öquv binosidagi katta majlislar zalida bölib ötgan uçraşuvda dastlab prorektor institutda ta’lim sifatini oşiriş, öquv jarayonini takomillaştiriş va kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilgan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Samimiy muloqot davomida talabalarning sifatli ta’lim olişi, ilmiy izlanişlarga keng jalb etilişi, innovatsion ğoya va startap loyihalarining qöllab-quvvatlanişi hamda böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, yoşlarning fikr va takliflarini tinglaş, ularni qiynayotgan muammolarga yeçim topiş hamda institut hayotidagi faolligini yanada oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ularni amaliyotga tatbiq etiş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Bunday oçiq muloqotlar talabalar va rahbariyat örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yoşlarning taşabbuslarini röyobga çiqariş hamda ta’lim muhitini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.