Jizzax politexnika institutida talaba-yoşlar örtasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, tarixiy xotirani mustahkamlaş va yoşlarning ijodiy salohiyatini namoyon etiş maqsadida “Yurtim qadriyatlari” körik-tanlovining institut bosqiçi taşkil etildi.
Tanlovda fakultet jamoalari iştirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi, milliy an’ana va urf-odatlari hamda jadid bobolarimizning millat taraqqiyotiga qöşgan hissasini ijodiy çiqişlar orqali namoyiş etdilar.
Iştirokçilar 3 ta yönaliş — “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy çiqişlar” hamda “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” böyiça öz bilim va mahoratlarini sinovdan ötkazdilar.
Tanlov davomida talaba-yoşlar sahna körinişlari, musiqiy çiqişlar va bilimlar bellaşuvi orqali milliy qadriyatlarimizga bölgan hurmatini, ijodkorligi va tarixiy bilimlarini namoyon etdilar.
🥇 1-örin — Kibersport fakulteti jamoasi;
🥈 2-örin — Sanoat texnologiyalari fakulteti jamoasi;
🥉 3-örin — Energetika muhandisligi fakulteti jamoasiga nasib etdi.
Tanlov ğoliblarini samimiy tabriklaymiz! Barça iştirokçilarga faol iştiroki va ijodiy çiqişlari uçun minnatdorlik bildiramiz.
Mazkur tanlov yoşlar qalbida milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, ajdodlar merosiga hurmatni oşiriş hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.