Jizzax politexnika institutida yoşlarning kelajagi, kasbiy rivoji va bandligini ta’minlaş masalalariga bağişlangan “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi.
Unda Jizzax şahar hokimi Komil Xolmurodov, Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi, institut rektori Alişer Usmankulov, talabalar örtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlaşga mas’ul rektor maslahatçisi N. Abdurahmonov, professor-öqituvçilar, talabalar hamda maktab öquvçilari iştirok etdi.
Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad — yoşlarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga yönaltiriş, ularning qiziqiş va qobiliyatlariga mos kasb tanlaşiga kömaklaşiş, amaliy könikmalarini rivojlantiriş hamda kelgusida bandligini ta’minlaş uçun yangi imkoniyatlar yaratişdan iborat.
Oçiq muloqot davomida yoşlarning taklif va taşabbuslari tinglanib, ta’lim, kasb-hunar egallaş, iş bilan ta’minlaniş va tadbirkorlikni rivojlantirişga oid masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvning muhim natijasi — Jizzax politexnika instituti va Jizzax şahar hokimligi örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelişuv maktab bitiruvçilarining qisqa muddatli amaliy kurslarda tahsil olişi, zamonaviy kasblarni örganişi va kasbiy mahoratini oşirişi uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Xususan, yoşlar avtomobilsozlik sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan tanişib, nazariy bilimlarini amaliyotda sinab köriş, tajribali mutaxassis hamda muhandislardan kasb sirlarini örganiş imkoniyatiga ega böladilar.
Tadbir doirasida iştirokçilar institut qoşidagi Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati, uning ilmiy-tadqiqot yönalişlari va mavjud ilmiy-texnik imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanişdilar.
Yoşlarning öz qobiliyatini namoyon etişi, munosib kasb egallaşi va kelajakda jamiyatda öz örnini topişi uçun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar ularning kelajagi sari taşlangan muhim qadamlardan biridir.